Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Qozog’iston Respublikasining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shuningdek, Qozogʼiston Respublikasi Jumabek Tashenev nomli universitetidan delegatsiya a’zolari Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lishdi. Jumladan, tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, birgalikda turli xil ta’lim sifatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, talabalar va o'qituvchilar almashinuvlarini yo’lga qo’yish hamda hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarni tashkil etish borasida memorandum imzolandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
