Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Turkiya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabat bilan, Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar (YTB) tashkiloti tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutining bakalavriat, magistratura va PhD talabalari hamda yosh o'qituvchilar uchun "Turkiya grantlari" to'g'risida taqdimot o'tkaziladi.

Taqdimot YTB mutaxassislari Emrullah Bulbul va Abdullah Kenanlar tomonidan o'tkazildi. Unda Turkiya oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olish uchun xorijliklarga ajratiladigan grantlar to'g'risida ma'lumot berildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan batafsil javob olishdi. Taqdimotdan so’ng tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-19 21:03:16 185