Xabaringiz bor, 2022-yilning 20-dekabr kuni muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida 2023-yil davlat dasturida amalga oshiriladigan ishlar, loyihalar, sohalarda bo’ladigan o’zgarishlar bildirib o’tildi.

Shu munosabat bilan, bugun, 22-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov tomonidan institut jamoasiga Yurtboshimiz Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, ta’lim, xususan, oliy ta’lim tizimida amalga oshiriladigan rejalar, o’qituvchilarga qaratiladigan e’tibor hamda ular uchun yaratiladigan shart-sharoit kabilar yetkazildi. Jumladan, shu asosda istiqboldagi rejalar va qilinadigan ishlar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-22 15:59:11 125