O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 - yil 7-martdagi 101-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2022-yil 27-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida “Yangi O‘zbekiston tarixi va falsafiy tafakkurining dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Tadbirda respublika bo‘yicha oliy ta’lim muassalarida faoliyat yuritayotgan tarixchi, faylasuf, psixolog hamda tilshunos olimlar ishtirok etishdi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini Samarqand davlat chet tillari instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shuningdek, rektor o‘z so’zida barcha ishtirokchilarga ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so‘ng turli oliy ta’lim muassalaridan olimlar o‘z chiqishlarida bugungi informatsion jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy g‘oyalar orqali qadriyatlar majmuini yanada boyitish zarurligi, jahon sivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo‘shgan mutafakkirlarning ma’naviy merosi bugungi madaniy transformatsiya jarayonini me’yorlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni saqlab qolish uchun gumanistik ahamiyatga egaligi, jahon ilm-fani taraqqiyotida ma’naviy merosning takrorlanmas xazinasi hisoblangan mutafakkirlarning axloqiy, ilmiy-ma’rifiy va falsafiy qarashlari doirasida tadqiqotlar olib borilyotganligi, umuminsoniy ma’naviy merosni o‘rganishning o‘zi gnoseologik ahamiyatga molik ilmiy ma’naviy konsepsiyalar jahon ilm-fani sohasida olib borilayotgan soha yo‘nalishidagi muhim ma’naviy merosga oid fundamental tadqiqotlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berib o‘tishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
