Bugun, 29-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqib institut jamoasi oldida turgan vazifalar;

– Institutda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat Dasturi asosidagi rejalarning bajarilishi;

– 2022-2023 o‘quv yili uchun talabalar qabuli yakuni to‘g‘risida;

– Tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilikka 2023-yil uchun qabul yakuni, ularning mavzulari va ilmiy maslahatchilarini tasdiqlash;

– Pedagogik va tarjimonlik amaliyotlarining yakuni bo‘yicha;

– 2022-2023 o‘quv yili Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari,  bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyasi himoyalarini o‘tkazishga tayyorgarlik;

– Institutda 2022-yilda  amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining yakuni bo‘yicha konferensiyalar hisoboti kabilar shular jumlasidandir.

Shuningdek, institutning ilmiy daraja va unvonga erishgan professor-o’qituvchilari diplom, telefon hamda kompyuterlar bilan taqdirlanishdi.

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-29 16:41:44 279