Samarqand davlat chet tillar institutida anomal sovuq davrida talabalarni turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalarga yetarli sharoitlar yaratib berish maqsadida Shtab tashkil etilgan. 

Shtab faoliyati muntazam tashkil etilgan bo'lib, institut rektori boshchiligida prorektorlar har bir TTJ kesimida mas'ul etib biriktirilgan.

Mazkur Shtab a'zolari tomonidan elektr energiyasining uzluksiz ishlash, isitish tizimlaridagi barqarorlikni ta'minlash, talabalar bilan ishlash, ularning holidan xabar olish va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish ishlari bilan muntazam shug'ullanib kelishmoqda.

Jarayon davomida talabarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi hamda talabalarga qishki mavsumga tayyor holatda bo'lishlari to'g'risida ko’rsatmalar berildi.

Share:
2023-01-19 09:58:22 112