Bugun, 24-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kuzatuv Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va qurilish ishlarining borishi hamda 2022-yil uchun daromadlar va xarajatlar parametrlari hamda institutning 2023-yil uchun “Kuzatuv kengashining ish rejasi”ni tasdiqlash kabilar muhokama qilindi.
Samarqand davlat chet tillar institutning “2023-yil uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlari”ni tasdiqlash, 2023-yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash, 2023/2024 o‘quv yili uchun yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklarni ochish, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini va to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash kabilar ham shular jumlasidandir.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
