Bugungi kunda "Ta’lim sifatini nazorat qilish" bo‘limi va Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi hamkorligida fakultetlardagi barcha kafedralarning professor-o'qituvchilari ishtirokida o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, ichki-tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda sohada korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik borasida davra suhbati o‘tkazilib kelinmoqda.
Jarayon davomida har bir professor-o'qituvchi va xodim oliygohda "Korrupsiyasiz soha" loyihasi ijrosini ta’minlashda o'z hissasini qo'shishi ta’kidlab o'tildi. Shuningdek, mustaqil ishlarning bajarilishi, ularning qabul qilinishi, baholanishi va Moodle ta'lim platformasida o‘z aksini topganligi, jumladan, joriy o'quv yilida dars soatlarining o'qituvchilarga taqsimlanish holati hamda darslarning reja asosida o'tilganligi monitoring qilindi.




SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
