Qish mavsumida aholi o’rtasida har xil qo’lbola isitish moslamalaridan foydalanish ortib boradi va bundan to’g’ri foydalanmaslik oqibatida turli xil ko’ngilsiz (is gazidan zaharlanish, gaz faollashmasining chaqnashi va yong’inlar bilan bog’liq) holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Buning oldini olish maqsadida hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan turli xil tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas‘ullari ishtirokida Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan yong’in chiqqanda uning oldini olish bo’yicha davra suhbati tashkil etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-01-26 13:49:20 96