Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar bilan ishlash, ularning holidan xabar olish va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish ishlari muntazam davom etib kelmoqda.
Jumladan, yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.G‘aybullayev Payariq Xorijiy tillar fakultetida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi. Talabalar bilan suhbatlashish chog’ida o’quv jarayonlarida muntazam ishtirok etish lozimligi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lish, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda turli xil xalqaro va respublika tanlovlarida qatnashish kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, jarayon davomida talabarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi hamda talabalarga qishki mavsumga tayyorgarlik ko'rish borasida ko’rsatmalarni berildi.




SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
