Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida viloyatimizdagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan xorijiy til o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi ochilgan.

Bugungi kunda mazkur markazda muntazam ravishda xorijiy til o’qituvchilarining malakasi oshirilib boriladi hamda xorijdan jalb etilgan professor-o’qituvchilardan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirib borishadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 28-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov markazda bir xafta davomida tahsil olib, o’quv kursini ta’momlagan umumta’lim maktablarining xorijiy til o’qituvchilari bilan uchrashdi hamda ularga sertifikatlarni topshirib, kelgusida muvaffaqiyat hamroh bo’lishini bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-01-28 19:33:13 136