Videoselektor tarzida o‘tkazilgan sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-dekabrdagi “Taʼlim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkay-u yagona to‘g‘ri yo‘lidir!” mavzusida o‘qituvchi-murabbiylar bilan o’tkazgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar targ‘iboti masalasi muhokama qilindi.
“Muallimni ayblash oson bo‘lib qoldi. Buning aksi bo‘lishi, har bir ota-ona bilan maktab o‘rtasida shartnoma imzolanishi, ushbu shartnomada ota-onaning bolaga tarbiya berish va bilim olishi uchun sharoit yaratish borasidagi majburiyatlari alohida belgilab qo‘yilishi kerak, – deya ta’kidladi viloyat hokimi jarayon davomida.
Shuningdek, sessiyada Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ham so’zga chiqib, muhtaram Yurtboshimizning xalqimizga qilgan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarga to’xtalib, ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o’qitish yuzasidan amalga oshiriladigan istiqbolli rejalarga to’xtalib o’tdi hamda bu borada ishlab chiqilgan takliflarni ommaga havola etdi.

.jpg)

.jpg)


.jpg)
.jpg)


.jpg)
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
