Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutida 5 ta bakalavr hamda 1 ta magistratura ta’lim yo’nalishlari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlari yo’lga qo’yilgan bo’lib, hozirda unda talabalar tahsil olib kelishmoqda.

2+2 qo’shma ta’lim dasturlari asosida talabalar ikki yil chet tillar institutida va ikki yilni nufuzli xalqaro hamkor universitetlarimizning birida to’liq integrallashgan o’quv dasturlari hamda ikki hamkor o’rtasida kelishilgan kredit asosida tahsil oladi.

Malayziyaning “City University of Malaysia” Universiteti hamkorligida tashkil etilgan ta’lim yo’nalishi bundan 2 yil avval joriy etilgan bo’lib, talabalar 3- va 4-bosqichni Malayziyada tahsil olish uchun jo’nab ketishdi. Institut rektori Ilhomjon To’xtasinov safar oldidan talabalar bilan uchrashib, ularning faoliyatida omad yor bo’lishini bildirib o’tdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-01-31 18:17:05 175