23-24 aprel kunlari Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorlgida Samarqand davlat chet tillar institutida fransuz tili va adabiyoti bo’yicha mutaxassis Anna-Mariya ishtirokida fransuz tilini xorijiy til sifatida o’qitish metodikasiga bag’ishlangan ikki kunlik seminar-treninglar va mahorat darslari tashkil etildi. Seminar-treninglarda Samarqand viloyat oily ta’lim muassasalari o’qituvchilari bilan bir qatorda kasb hunar kollejlari, akademik litseylar hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari fransuz tili o’qituvchilari ham faol ishtirok etishdi, barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Mazkur seminar-treninglardan ko’zlangan asosiy maqsad, turli yoshdagi xorijiy tillarni o’rganuvchilarga chet tillarni o’rgatish metodlari bilan tanishish, o’qitishda innovatsion va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish hamda bu borada xorij tajribasini o’rganishga qaratilgan.

Seminarlar yakunida fransiyalik mutaxassis Anna-Mariya bilan SamDCHTI o’quv ishlari bo’yicha prorektori F. Ro’ziqulov, ilmiy ishlar bo’yicha prorektor Sh.Ashurov, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’I O.Yusupov va fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri N.Suvonovalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Prorektor F.Ro’ziqulov Anna-Mariyaga o’qituvchilar uchun tashkil etgan seminar-treninglari va mahorat darslari uchun institut nomidan samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Share:
2018-04-24 18:00:00 84