Bugun, 31-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Fransiyaning Puatye universiteti professor-o'qituvchilari tashrif buyurishdi hamda institut rektori Ilhomjon To'xtasinov ishtirokida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda joriy yilning mart oyida Samarqand davlat chet tillar institutida Puatye universiteti (Poitriers University) bilan hamkorlikda tashkil etiladigan xalqaro seminar-treninglar haftaligiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Ushbu seminar-treninglarda Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston Respublikalarining qator oliy ta'lim muassasalaridan fransuz tili mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, keyingi yillar uchun Erasmus+ dasturlariga qo'shma loyiha arizasi topshirilganligi ma'lum qilindi.

.jpg)

.jpg)



SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
