Kecha, 31-yanvar kuni xabar qilganimizdek, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Fransiyaning Puatye universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda xalqaro seminar-treninglarni tashkil etish va seminarlarda Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston Respublikalarining qator oliy ta'lim muassasalaridan fransuz tili mutaxassislarini taklif etish muhokamalari qilingan edi.
Shu munosabat bilan Fransiya Puatye universitetining professor-o’qituvchilari institutning Roman-german tillari fakulteti fransuz tilida ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida seminar trening o’tkazishdi hamda savol-javob qismida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

.jpg)


.jpg)

SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
