Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. AQSH oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabat bilan, bugun, 3-fevral kuni AQSHning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenikni ishtirokidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi. Mehmonlar Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov ishtirokidagi mezbonlar tomonidan kutib olindi.
Jarayon davomida tomonlar o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi va unda Samarqand davlat chet tillar instituti hamda AQSH elchixonasi o’rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda AQSH elchixonasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, amalga oshirilayotgan 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan “English Access Microscholarship Program” loyihasi muhokamasi, 2022-yilda amalga oshirilgan “Summer Camp-2022” yozgi lager loyihasini 2023-yilda ham amalga oshirish masalalari ham shular jumlasidandir.

.jpg)

.jpg)



.jpg)
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
