Xabar qilganimizdek, Samarqand davlat chet tillar institutida kechki ta'lim shakli mavjud bo'lib, bugungi kunda unda 1 900 dan ortiq talabalar tahsil olib kelishmoda. Kechki ta'lim shaklida hozirda jami bo'lib, 102 nafar talaba bitiruvchi sifatida Yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishmoqda. Jumladan, tahsil olgan bitiruvchilar uchun ilk marotaba Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari o'tkazilmoqda. Ta'kidlash joiz, institutda kechki ta'lim shaklidan birinchi qaldirg'ochlar kuzatilmoqda. Mazkur jarayonlar belgilangan ishchi guruh tomonidan muntazam nazorat qilinmoqda.
Shuningdek, ishchi guruh tarkibiga institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ham kiritilib, jarayonning adolatli va xolis o'tkazilishi ta'minlanmoqda. Jumladan, bitiruvchilar ichki-tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda sohada korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik borasida ogohlantirildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
