Ipak Yo‘li Universitetlari Tarmog‘i (Silk-Road Universities Network) Bosh kotibi professor Sungdon Hwang hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Bo'lib o'tgan uchrashuvda a’zo universitetlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, ta'lim, ilmiy-tadqiqot sohalari, shuningdek, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qoyish, xalqaro loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan muzokara olib borildi.

Ipak Yo‘li Universitetlari Tarmog‘iga butun dunyodan 80 dan ortiq nufuzli universitetlar a'zo bo'lib, qadimiy Ipak Yo'lining tarixiy qiymatini tiklaydigan turli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-02-09 19:41:52 194