Murojaat mazmuni: Boshqa masala

Batafsil: Sessiyadan o'ta olmagan talabalarga ikkinchi imkon berilardi, lekin bizning institutimizda rektor buyug'i bilan, dekanning aytishicha, ikkinchi marta topshirishga ruxsat berilmaydi

Murojaatga javob: “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ning 22-bandiga muvofiq oraliq nazorat turini topshirmagan yoki ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho bilan baholangan, shuningdek,  yakuniy nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Kuzgi semestr natijalari bo‘yicha fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan talabaga 1 oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan talabaga yangi o‘quv yili boshidan yakuniy nazorat turlarini qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

Yuqoridagi umumiy tartib va talablar boʻyicha fakultet rahbariyati, kafedra professor-oʻqituvchilari hamda tyutorlar tomonidan barcha talabalarga tushuntirish ishlari olib borilib, ularga oʻquv jarayoni bilan bogʻliq barcha savollarga javoblar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-02-10 16:39:13 205