Institut vakillari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahridagi Kanada universitetida tashkil etilgan Ipak Yo‘li universitetlari tarmog‘iga a’zo oliy ta'lim muassasalarining 8-assambleyasida ishtirok etishdi.
Institut rektori Ilhomjon To'xtasinov assambleya ochilish marosimida Samarqand davlat chet tillar instituti haqida taqdimot qildi. Mazkur taqdimotda bugungi kun ta'limining dolzarb masalalaridan bo'lgan sun'iy intellekt va ta’limda raqamlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Samarqand davlat chet tillari instituti mazkur assamleyada kuzatuvchi maqomidagi oliy ta’lim muassasasi sifatida ishtirok etish bilan bir qatorda Ipak Yo‘li universitetlari tarmog‘iga a’zo oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida ular bilan memorandumlar imzolash masalasi muhokama qilindi.

.jpg)

.jpg)

.jpg)

.jpg)


SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
