Shoir hamda sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz badiiy ijodda, ilmda, davlat boshqaruvi va harbiy san’atda obro‘ qozonishi bilan birgalikda millat, xalqaro hamjamiyatning ma’naviy tafakkuridagi yuksalishlarga xizmat qilgan.

Bobomizning noyob iste’dodi, qoldirgan boy merosi millat nufuzi buyukligini saqlashga, nomini ko‘klarga ko‘tarishga xizmat qiladi. Bunday buyuk ajdodlarimiz tavalludini bir kun emas, muntzam nishonlasak arziydi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Unda talabalar o‘zlarining sahna ko'rinishlari, milliy raqs hamda kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-02-15 20:05:26 194