Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Singapur oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Bugun, 18-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda Singapurdagi Ingliz tilini o’qitishning innavatsion tajribalari “SixClouds” kompaniyasi direktori Richard Woonlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda mazkur kompaniya bilan hamkorlik o’rnatish borasida muzokoralar olib borildi.
Institut qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida tahsil olayotgan maktabgacha va maktab ta’limi xorijiy til o’qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, yangi pedagogik va ta’lim texnologiyalaridan muntazam xabardor bo’lish, axborot va kommunikatsion texnologiyalar asosida dars jarayonilarini tashkil etish, shuningdek, markaz uchun xorijlik malakali pedagog mutaxassislarni ishga jalb etish kabi masalalar ham shular jumlasidan.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
