Puatye universitetida bo'lib o'tayotgan seminarlar (International staff week) davomida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Fransiyaning Puatye universiteti o'rtasida talabalar va o'qituvchilar almashinuvi bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnoma doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari 2023-2024 o'quv yilidan boshlab almashinuv asosida bir semestr davomida o'qishlari mumkin. 

Bu dasturda nafaqat "Filologiya va tillarni o'qitish: fransuz tili" yo'nalishi talabalari, balki fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida o'qiyotgan boshqa ta‘lim yo'nalishlari talabalari ham ishtirok etishi mumkin.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-02-21 11:30:44 149