Bugungi kunda ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro doirada yurtimiz yoshlarining munosib o‘rnini belgilash, shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarini tizimli yo‘lga qo‘yish borasida yurtboshimiz tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham ta’lim sifatini yanada yaxshilash va talabalarga barcha mos qulayliklarni yaratib berish borasida keng miqiyosida qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari davom etib kelmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 22-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutining Gagarin ko’chasidagi 43-uy manzilida joylashgan 1000 o’rinli  o’quv binosi mukammal qayta ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy o’quv jihozlari bilan jihozlanib foydalanishga topshirildi.

Ma’lumot sifatida aytib o’tish joiz, 2022-yilda 12 milliard mablag‘ evaziga 288 000 nusxadagi ilmiy, o‘quv va xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan Axborot-resurs markazi yangidan faoliyat boshladi. Shuningdek, 32 milliard mablag‘ evaziga talabalarimiz uchun turar joy binosini yangidan bunyod etildi.  Unda hozirda 600 ga yaqin yoshlarimiz istiqomat qilib kelmoqda.

Bundan tashqari 200 o‘rinli talabalar turar joyi ham mukammal qayta ta’mirdan chiqarilgan holda 350 o‘ringa moslashtirilib, foydalanishga topshirildi. Hozirda qurilish ishlari davom etayotgan 2000 o’rinli o’quv binosida ham ishlar qizg’in davom etmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-02-22 16:04:42 321