2022/2023 o'quv yili yanvar oyi qabuli bo'yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga magistraturada o‘qish uchun hujjat topshirgan talabgorlarni saralash jarayonlari yakunlanib, natijalar e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan yanvar oyi qabuli bo'yicha o'qishga tavsiya etilgan talabalar bilan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Shaxobiddin Ashurov hamda magistratura bo'limi boshlig'i  Azamat Saidovlar uchrashuv o’tkazishdi.

Unda o'qishga tavsiya etilgan magistrlarning  oʻquv jarayonlarini tashkil etilishi, darslar taʼlim kredit-modul tizimi asosida olib borilishi, institut ichki tartib-qoidalari va belgilangan chet tili sertifikatidan past bo’lganlar oʻqish mobaynida talab qilinadigan milliy yoki xalqaro tan olingan  darajadagi sertifikatga ega bo’lishi kabilar ta’kidlab o’tildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-02-23 19:05:29 132