Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Ispaniya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabat bilan Ispaniyaning “EDIBON” (muhandislik sohasidagi texnik o‘quv va tadqiqot uskunalarini ishlab chiqaruvchi) tijorat kompaniyasi direktori Miriam Bonilla hamda Kastilla La Mancha universiteti professori Pastrana Alexandrolar Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi va institut rektori Ilhomjon To’xtasinov bilan uchrashuv o’tkazishdi.
Uchrashuv doirasida amalga oshiriladigan loyihalar borasida fikr-mulohazalar almashinildi. Shuningdek, tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvi, ularning tajribasini oshirish, jumladan, ispan tilini o’qitish tizimini yanada chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ko’rib chiqildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
