Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Britaniya Kengashi hamkorligida Going Global Partenship (oliy ta’limda islohotlar) dasturi doirasida Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yo’naltirilgan dastur doirasida hamkorlik ishlarini olib borishmoqda.
Ushbu loyiha doirasida 2021-2022 o’quv yilida “Change Academy” dasturida Samarqand davlat chet tillar instituti ham g’oliblardan biri bo’ldi. Unda jamoamiz loyiha uchun o’qitilayotgan writing kursi bo’yicha bakalavriat va magistratura yo’nalishlarida ishchi o’quv dasturlarni tahlil qilib yangi takomillashtirilgan variantini ishlab chiqishni ilgari surdi.
Jumladan, barcha kurslardagi “Xorijiy til va adabiyoti”, “Filologiya va tillarni o’qitish” yo’nalishlardan ishchi o’quv dasturlar o’rganildi va tahlil qilindi. Writing kursiga ta’luqli barcha adabiyotlar fan dasturi va ishchi o’quv dasturi bilan taqqoslanib, kutubxonadagi adabiyotlar o’rganildi va yangi fan dasturi ishlab chiqildi.
Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti “Ingliz filologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi Dilnoza Dehqonova va “Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o’qituvchisi Dilafruz G’iyosovalar AdvanceHE va British Counculning loyihasi doirasida o’tkazilayotgan Change Festivalda qatnashib, boshqa ishtirokchilar bilan innovatsion fikrlar hamda hamkorlik ishlarini yo’lqa qo’yish borasida takliflar almashishdi.



SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
