Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Qozog’iston oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Joriy yilning 2-mart kuni Qozog’istonning Qo’rqit ota nomidagi Qizilo’rda Universiteti vakillari Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lishi hamda institut rahbariyati vakillari bilan uchrashuv o’tkazishdi. Uchrashuv davomida tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish yuzasidan muzokalar olib borildi. Shuningdek, talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot va turli xil innovatsion loyihalarda qatnashishga kelishildi hamda bu borada hamkorlik memorandumi imzolandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
