Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda ko’z o’ngimizda, avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go’zal va maftunkor.
Guvohi bo’lganingizdek, 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” yaqinlashib kelmoqda. Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida Ingliz tili-II fakulteti tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Institut rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi.
Jumladan, tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarini tomoshabinlarga namoyish etishdi. Milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar va raqslar ham shular jumlasidandir. Shuningdek, institutda faollik ko’rsatgan professor-o’qituvchilar va xodimlar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
