Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o’qituvchilari hamda talabalari ko’plab xorijiy davlatlarda stajirovka va xalqaro konferensiyalarda muntazam ishtirok etishib kelishadi.

Navbatdagi xalqaro konferensiya Janubiy Koreyaning Erkiyes Universiteti va Ozarbayjonning Lingvistika Universiteti hamkorligida Boku shahrida tashkil etilayotgan bo’lib, unda Samarqand davlat chet tillar institutining koreys tili o’qituvchilari, ya’ni Sh.Bozorova hamda Sh.Eshimovalar ham ishtirok etishadi.

Ma’lumot uchun, mazkur xalqaro konferensiya Turkiya hamda Markaziy Osiyo davlatlarida faoliyat olib boruvchi koreys tili o’qituvchilarining malakasini yanada oshirish, shuningdek, o’zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-03-09 17:36:45 173