Bugun, 11-mart kuni Britaniya Kengashining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbariyati vakillari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti mas’ullari o’rtasida ingliz tilini o'qitish borasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda ingliz tilini bilish darajasini aniqlash testlarini hamkorlikda tashkil etish va Britaniya universitetlari bilan hamkorlikdagi loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-03-11 17:58:24 166