Latviya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadi.
Ushbu tanlovda (bakalavriyat, magistratura, doktorantura, yozgi lager) ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilingan holda, 2023-yil 1-aprelga qadar onlayn tarzda taqdim etishlari kerak. Hujjatlarga ularning ingliz yoki latish tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.
Ushbu dasturlar haqida ma’lumot ilova qilinmoqda. Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot, shartlari va zarur hujjatlar ro‘yxati bilan Latviya Respublikasi Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat agentligining www.viaa.gov.lv/en/latvian-state-scholarships, www.viaa.gov.lv/en/summer-schools, www.viaa.gov.lv/en/studies veb-sahifalarida tanishish yoki Agentlikning xalqaro hamkorlik dasturlari katta mutaxassisi Marika Pira bilan scholarships@viaa.gov.lv elektron pochta manzili orqali bog‘lanish ham mumkin.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
