Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shuningdek, bugun, 27-mart kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi doirasida Koreyaning “Busan University of Foreign Studies” universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektorlari o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Unga ko’ra kelgusida tomonlar o’rtasida talabalar hamda professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlarini joriy etish va ta’limda turli ilmiy, texnik, shuningdek, innovatsion loyihalarni yaratishga kelishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-03-27 20:14:13 193