Xabar berilganidek, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 27-28-mart kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi oʻtkazilmoqda. Forumda videokonferensaloqa orqali ishtirok etgan Koreya Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari, ta’lim vaziri Lee Ju-Ho forum tashkilotchilariga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Shuningdek, anjumanda so‘z olganlar ikki davlat taʼlim sohasida hamkorlik aloqalari, uning yutuqlari va istiqbollari haqida toʻxtalishdi. Forum ishiga muvaffaqiyat tilanib, ushbu nufuzli anjuman natijasi mamlakatlar oʻrtasida sohadagi aloqalarning jadallashuviga xizmat qilishi alohida ta'kidlandi.
Ushbu nufuzli xalqaro forumda ikki davlat tomonidan 100 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etmoqda. Ma'lumot o'rnida, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov ham mazkur anjuman doirasida.










SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
