Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabatda joriy yilning 29-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning Pusan shahar hokimligi delegaysiyasi tashrif buyurdi. Ushbu tashrif Samarqand va Pusan shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan birodarlik aloqalari doirasida bo‘lib, jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Pusan shahridagi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Pusan xorijiy tillar universiteti bilan birgalikda talabalar festivalini tashkil etish taklifi muhokama qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-03-29 19:16:44 203