Jahon banki guruhi Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi ishtirokida “Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida “Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash tizimini takomillashtirish” mavzusiga bagʻishlangan forumi oʻz ishini boshladi. Forumda 220 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlari va mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.

Forum ishida Samarqand davlat chet tillar instituti o’quv ishlari prorektori F.Ro'ziqulov, xalqaro reytinglar bo’yicha ishlash bo’limi boshlig’i J.Nasrullayev hamda ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.Ismatovalar ham ishtirok etishdilar. Shuningdek, unda institut vakillari tomonidan “Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash (SamDCHTI tajribasi misolida)” mavzusida maxsus taqdimot qilindi.


SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-04-03 10:27:00 209