Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.
Shuningdek, Indoneziyaning Muhammadiya Makasar universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o'rtasidagi hamkorlik shartnomasi doirasida ushbu universitet dotsenti Eny Syatriana xonim bugun, 4-aprel kunidan boshlab institutning “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasiga ilmiy tadqiqotchi hamda ingliz tili o'qituvchisi sifatida taklif etildi. Xorijlik mutaxassis hamda institut rektori, professor Ilhomjon To'xtasinov o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda talabalarni o'qitish borasida o'zaro fikrlar, takliflar almashinildi. Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha mulohazalar olib borildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
