Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani S.Erkinov amaliyotni yakunlagan hamda  o'zlashtirishi past bo'lgan talabalar o'rtasida ochiq muloqot o'tkazdi. 

Muloqotda amaliyotdan qaytgan talabalar bilan amaliyotning qanday bo'lganligi, qanday jihatlarga e'tibor qaratilganligi va talabalarda malakaviy ko'nikma hosil bo'lganligi haqida so'zlashildi.

Shu jumladan, o'zlashtirishi past bo'lgan talabalarga darslarda to'liq qatnashishi, bayram- tadbirlarda faol bo'lishi, fakultet ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi to'g'risida ko'rsatmalar berildi.

Share:
2023-04-06 18:04:14 164