Mamlakatimizda katta demokratik o'zgarish jarayoni davom etmoqda. 2023-yil 30-aprel kuni mamlakatimizda “O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni bo’yicha umumxalq Referendumi o'tkazilishi oldidan institutning Ingliz tili-II fakultetida tadbir tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo’yicha sudyalari B.Aliqulov hamda H.Keldiyarovalar taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etishdi. Shuningdek, jarayon davomida fakultet professor-o’qituvchilari va talabalar uchun ochiq muloqat ham o'tkazildi.
Samarqand viloyati sudi jinoyat ishlari bo’yicha sudyalari hamda Ingliz tili-II fakultet dekani O.Yusupovlar so'zga chiqib, Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, bugungi kundagi zarurati, kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Jarayon qizg'in savol-javob bilan yakunlandi.









O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
