Bugun, 7-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kechki fakulteti jamoasi ishtirokida “Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki!” nomli tadbir oʻtkazildi. Unda Yangi O‘zbekistonimizning yangilanayotgan Konstitutsiyasida Inson qadri bosh mezon qilib belgilangani, xalqimizdan kelib tushgan takliflar asosida shakllangan yangi Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi ekanligi kabilar bildirildi.
Yangi Konstitutsiya “Inson-jamiyat-davlat” paradigmasiga asoslanganligi, unda barcha toifalarning – yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘qituvchilar, xatto jinoyat sodir etgan shaxslarning huquq va manfaatlari aks etganligi ham tadbir qatnashchilari tomonidan bildirildi. O‘zgarishlar natijasida Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshganligi, ya’ni, asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga xalqimiz takliflari asosida yangilangani ham aytib o’tildi.
Yangilanayotgan Konstitusiyamizning yettinchi bobi aynan inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilganligi, shuningdek, 25-35 moddalarni o‘z ichiga qamragan ushbu bobda insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, har kim malakali yuridik yordam olish huquqiga egaligi hamda respublikamiz hududida bo‘lib turgan har bir shaxs mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanishi, turar va yashash joyini erkin tanlashi mumkinligi ham ishtirokchilarga yetkazildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
