2023-yil 7-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti, Ingliz tili-I fakultetida  institut xotin-qizlar kengashi raisi H.Jabborova, fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari M.Ergashev, fakultet xotin-qizlar kengashi rahbari N.Siddiqova, shuningdek, “Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi” kafedrasi o'qituvchilari Z.Erdanova, Ch.Ummatkulova va A.Eshdavlatovalar ishtirokida "Momolardan qolgan meros yoxud o'zbek milliy qadriyatlari" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.   

Dastlab so'zga chiqqan H.Jabborova bugungi kunda qadriyatlarimizning yoshlar ma'naviy kamolotida tutgan ulkan ahamiyati borasida to'xtalib, tadbirdan ko'zlangan maqsadlar bilan  yig'ilganlarni tanishtirib o'tdi. Shundan so'ng milliy liboslarimiz namoyishi, o'zbek oilalaridagi azaliy urf-odatlar, to'y marosimlari bilan bog'liq sahna ko'rinishlari, qadimdan bobo va buvilarimizning oilani muqaddas bilib, ayniqsa, farzand tarbiyasiga yuksak e'tibor qaratganliklari, ajdodlarimizning bugungi boy madaniyatimiz shakllanishiga qo'shgan benazir hissasi, inson ruhiy barkamolligida san'atning tutgan o'rni, xususan, o'zbek san'atining dovrug'i haqidagi namoyishlar  ishtirokchilarga  yana bir bora o'zbek madaniy  merosining naqadar boy ekanligini ko'rsatib berdi. Chiqishlarning milliy raqs va qo'shiqlarga ulanib ketganligi esa qatnashchilarga o'zgacha ko'tarinki ruh bag'ishladi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-04-07 20:36:17 232