Samarqand viloyati hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 10-sonli Mehribonlik uyida hozirgi kunda 137 nafar bolalar ta’lim-tarbiya olmoqda.

2018-yilning 26-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti dekan o‘rinbosari U.Sattarov rahbarligida 1-2-bosqich talabalarining guruh sardorlari “Yoshlar ittitfoqi” a’zosi sifatida Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, “Yangi yil – yangi orzular” mavzusi ostida badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazishdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan harakatli o‘yinlar, aqlni charhlovchi tezkor savol-javoblar, topishmoqlar va musiqiy dastur namoyish etildi. Shuningdek, mehmon talabalar tomonidan bolajonlarga yangi yil sovg‘alari ulashildi.

Share:
2018-12-28 14:30:00 83