Eng avvalo, shuni ta’kidlash joizki hozirgi kunda yurtimizda siyosiy jarayonlar davom etmoqda. Xabaringiz bor, davlat Konstitutsiyasining islohoti va unga bag’ishlangan referendumga oz kunlar qoldi. Shu munosabat bilan Ingliz tili-I fakulteti “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogikasi” kafedrasi tomonidan joriy yilning 8-aprel sanasida “Konstitutsiya – o’zimizniki” nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mehmon sifatida ishtirok etish uchun Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi O.Muhammadiyev, viloyat prokuroning katta yordamchisi A.Pardayev hamda Samarqand shahar 19-umumta’lim maktab direktori O.Daminova taklif qilindi.

Avval ta’kidlab o’tganimizdek  Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha referendum 2023-yil 30-aprelda boʻlishi kutilmoqda. Amaldagi Konstitutsiya ham mazmunan, ham shaklan yangilanmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiyada ta’limni, ilm-fanni, millatni, ayniqsa yoshlarni qo’llab-quvvatlashning aniq norma va kafolatlari belgilanishi O’zbekistonda sifatli ta’limga erishishning muhim huquqiy omili bo’ladi. 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-04-08 19:41:02 239