Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida goʻzal anʼanaga aylandi. Samarqand davlat chet tillar institutida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu gʻoya asosida oʻtkazilgan uchrashuv ham shukuhli muhitda birlashtirdi.
Nuroniylar, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar o'rtasida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot taʼkidlandi.
Shuningdek, unda barcha uchun yangi marralar belgilab olindi, Yangi Oʻzbekiston uchun yangi tashabbuslar, gʻoyalar ilgari surildi. Ular esa shubhasiz real hayotiy natijalarga aylanib, yurtimizni taraqqiyotning yanada baland choʻqqilariga olib chiqishga xizmat qiladi.
SamDCHTI Axborot xizmati
Share:
2023-04-11 21:32:23
199
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
