Bugun, 12-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov prorektorlar, bo'lim boshliqlari, fakultet dekanlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Unda o‘tgan davrda yoshlar siyosati bo‘yicha ishlarni mahallada tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi vertikal boshqaruv tizimi yaratilgani, 9 ming 400 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor o‘g‘il-qizlardan iborat yoshlar yetakchilari tanlab olinganligi, mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyat yaratilganligi ta'kidlandi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriligan ishlarga ham to’xtalib o’tildi. Jumladan, 130 ming talaba yoshlarga 1,7 trillion so‘m ta’lim krediti berilganligi, xotin-qizlarning magistraturada o‘qishi bepul bo‘lganligi, 53 ming nafar ehtiyojmand talabalarga o‘qish uchun kontrakt pullari to‘langani kabilarga alohida to’xtalib o’tildi.
81 ming talabaga uy-joy ijara to‘lovi ajratilgani, 15,5 ming yoshlarga harbiy xizmat uchun mablag‘ to‘lab berilganligi hamda 13 ming yoshlarga chet tillari bo‘yicha sertifikat olish xarajati to‘lab berilishi va “Yoshlar daftari” orqali 300 ming yoshlarga qariyb 600 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatilgani ham shular jumlasidan.
Yig’ilishda Prezidentimiz tomonidan bildirilgan, ya’ni 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratilishi, endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi va bunda
- yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;
- turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o‘rta” toifaga kiritildi;
- davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olishu ham institut rektori Ilhomjon To’xtasinov tomonidan institut jamoasiga yetkazildi.





SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
