Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar, turli xil nufuzli ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirish bilan birgalikda respublikamiz va viloyatimizdagi umumta’lim maktablari bilan ham muntazam hamkorlikda ish olib bormoqda.
Jumladan, bugun, 12-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida institut mas’ullari viloyatimizning Oqdaryo tumanidagi 32-sonli maktabda bo’lishdi.
Jarayon davomida fransuz tilini 7-sinfdan boshlab ikkinchi til sifatida o’rganayotgan maktab o’quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Shuningdek, unda o’quvchilarga 30 ga yaqin Fransiyada maktab o’quvchilari uchun mo’ljallab nashr etilgan darsliklar hamda badiiy kitoblar tuhfa qilindi.







SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
