Xorijiy tillarni o‘qitishni yanada ommalashtirish maqsadida Samarqand viloyatidagi 9 ta kollej va texnikumlarda nemis tili o‘quv kurslarining faoliyati yo’lga qo’yildi. Bunda o‘quvchilar darsdan tashqari holatda har bir guruh 15 nafar o‘quvchidan oshmagan holda o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

Ushbu texnikumlarda tashkil etilgan o‘quv kurslariga Samarqand davlat chet tillar institutining malakali hamda xalqaro til bilish darajasi C1 bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jalb etiladi. Bu borada o‘quv va fan dasturlari ishlab chiqildi, xorijdan maxsus darsliklar va adabiyotlar keltirildi.

Nemis tilini o‘qitish kurslariga o‘quvchilar A1 darajadan qabul qilinadi va B2 darajaga ega bo‘lgunga qadar tayyorlanadi va bu jarayon muntazam davom etadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi yoshlarga xorijiy tilni mukammal o‘rgatish bilan bir qatorda Germaniyada ish bilan ta’minlashdir.

Shu munosabat bilan, kuni kecha Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda Germaniyaning "Sayhey" til maktabi va bandlik agentligi direktori Annett Ro'hriglar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda yuqorida ko’rsatilgan, ya’ni nemis tili o‘quv kurslarining bititruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida mulohazalar almashinildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-04-18 14:57:26 311