Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov hamda italiyalik ekspert, O’rta Osiyo bo’yicha ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo’yicha maslahatchi Roberto Boltrilar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Samarqand davlat chet tillar instituti va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o’rtasida fan, ta’lim, tadqiqot va madaniyat sohalarida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, Buyuk Ipak yo’lida joylashgan universitetlar aloqalarini yanada rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shundan so’ng institutdagi italyan tili ta’lim yo’nalishi professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, unda Roberto Boltri tomonidan chop etilgan «Итальянец - “esubero” в Центральной Азии» nomli kitob taqdimoti o’tkazildi.

.jpg)

.jpg)


.jpg)

SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
