Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabat bilan bugun Samarqand davlat chet tillar institutiga Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Xi-Sang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Jarayon davomida institut rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov ishtirokidagi mezbonlar o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda tomonlar o’rtasida o'zaro o'qituvchilar va talabalar almashinivini kengaytirish, hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish hamda koreys tilining o’qitilishi yanada rivojlantirish, koreyalik malakali mutxassislarni o’quv jarayoniga jalb etish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
